Xushxabar
SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni oʻqitish fakulteti, Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Raxmatullayeva Shaxrizoda 2025-yil 12-may kuni “𝐍𝐮𝐫𝐚𝐟𝐬𝐡𝐨𝐧” konsert zalida o‘tkazilgan, 𝐅𝐈𝐍𝐋𝐀𝐍𝐃𝐈𝐘𝐀 konferensiyasi bilan hamkorlikdagi “Ta’limdagi muvaffaqiyatlari uchun” nomli xalqaro tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 🎖 Shaxrizoda ilmiy maqolasi bilan ajralib turib, esdalik sovg‘alari va maxsus guvohnoma bilan taqdirlandi. Mazkur maqola “Quality Publication” nashriyoti tomonidan chop etilib, Google Scholarda indekslandi. 📚 Bu natija uning ilmiy faoliyatida muhim o‘rin tutib, kelgusida magistratura, doktorantura va boshqa tanlovlarda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. ⚡️ Shaxrizodaga kelgusida ilm-fan yo‘lidagi izlanishlarida katta zafarlar va yutuqlar tilaymiz!