insurez
05-05-2025 16:19

XOTIRA MUQADDAS


Xalqimizda o‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratlarini xotirlash ezgu qadriyat sanaladi. Xotira uyg‘oq ekan ajdodlarimizning Vatan tinchligi, xalq farovonligi yo‘lidagi xizmatlari qalblarda mangu yashaydi.

Xalqimizga xos bo‘lgan bu kabi ezgu fazilatlar 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” oldidan o‘zini yanada yuksak namoyon etmoqda.
Shu munosabat bilan Ulug‘bek Barnoevning xonadonida bo‘lgan shahar hokimligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Yoshlar ishlari shahar bo‘limi vakillari va harbiylar yana bir bor qahramon hamshahrimizni yodga oldilar.

Suhbat davomida Abdullo ota va Sabohat aya farzandlari  Ulug‘bekning yoshlik yillarini xotirladilar va uning vatanparvarlik, va boshqa yuksak insoniylik hislatlarini esladilar.
Shuningdek,  Ulug‘bek kabi yurtimiz o‘g‘lonlarining Vatan oldidagi sharafli xizmatlari yigitlar uchun namuna ekanligini va  hech qachon unutilmasligi  ta’kidlandi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -