insurez
26-06-2025 16:48

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash yoʻlida


Xotin-qizlarni har tomonlama, shu jumladan ijimoiy jihatdan qoʻllab -quvvatlash, ularni hayotda oʻz oʻrinlarini topishlariga koʻmaklashish bugungi kundagi ustuvor masalalardan hisoblanadi. Shunga koʻra shahrimizda ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun ushbu saʼy-harakatlar doirasida “Ayollar daftari”ning 3- va 4- toifasi boʻyicha 150 nafar kattaqoʻrgʻonlik xotin-qizlarga ajratilgan moddiy yordamlar tarqatildi. Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Sh.Kuchkarova bu ishlar yurtimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash yoʻlidagi ishlarning natijasi ekanligini taʼkidladi.

Oʻz navbatida berilayotgan bu kabi eʼtibor va yordamlar uchun xotin-qizlar ham oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.


 

Teglar
- -