insurez
15-07-2025 09:12

XOTIN-QIZLAR SALOMATLIGI YO‘LIDA


Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar doirasida ularni salomatliklariga, sport-sog‘lomlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Zero, sog‘lom ayol sog‘lom farzand, sog‘lom kelajak demakdir. 

Shu maqsadda bugun mahallalarda tashkil qilinayotgan sog‘lomlashtirish klublarida uyda farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar, o‘rta va keksa yoshdagi ayollar qamrab olingan. 

Shahrimizdagi “O‘rikzor”, “Do‘stlik” va Amir Temur mahallalaridagi ana shunday sog‘lomlashtirish klublarida mahallalardagi xotin-qizlarni sog‘lomlashtirish maqsadida har erta tongdan gimnastika mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Trenerlar tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur sport mashg‘ulotlarida hududdagi uy bekalari faol ishtirok etishmoqda.  

Teglar
- -