XOTIN-QIZLAR SALOMATLIGI YO‘LIDA
Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar doirasida ularning salomatliklarini asrash, sport-sog‘lomlashtirish ishlarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda mahallalarda tashkil qilingan “Xotin-qizlarni sog‘lomlashtirish klub”larida uy bekalari, keksa onaxonlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun imkoniyat yaratilgan.
Shahrimizdagi “O‘rikzor”, Amir Temur va boshqa mahallalarda ham ana shunday klublar tashkil qilingan bo‘lib, 30 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan ayollar qamrab olingan.
Belgilangan reja asosida ular bilan kunlik gimnastik mashqlar, turli sport mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.