XODIMNI MEHNAT TA`TILIDAN CHAQIRIB OLISH TARTIBI QANDAY?
Amaldagi mehnat kodeksining 232-moddasiga asosan Xodimni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Shu munosabat bilan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki ushbu Kodeksning 230 va 231-moddalarida (ta`tilni bir qismini keying ish yiliga ko`cherish, ta`tilni qismlarga bo`1ish tariblari) nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda keyingi ish yilida berilishi kerak.
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarni, homilador ayollarni va mehnat sharoitlari o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlarni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Zafar Abduraximov,
Kattaqo’rg’on shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi boshlig’i




