insurez
23-07-2025 16:33

Xavfsizlik holatlari o'rganilmoqda


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimova va mas’ul tashkilotlar ishtirokida shahardagi mavjud  yoqilg‘isi quyish ob'ektlarida yuz berishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligi va mehnat muhofazasi, ob’ektlarda shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilishi holati o‘rganildi.

Mas'ullar tomonidan ob’ektlarda yong‘in va sanoat xavfsizligi, texnik jihatdan normativ hujjatlar hamda litsenziya talablariga rioya etilishi, ob’ektlarni yo‘l harakati xavfsizligi talablariga mosligi holati hamda energiya tejamkor moslamalardan foydalanish va muqobil energiya manbalariga o‘tish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. 

Mazkur tadbirlar yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta'minlash va tezkor harakat qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan.
Shahardagi yoqilg‘i va gaz quyish inshootlarida o‘rganishlar davom etmoqda.

 

Teglar
- -