insurez
30-07-2025 15:29

“Xalqlar do‘stligi" festivali o‘tkazildi


Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining qaroriga muvofiq, 30 iyul – butun dunyoda Xalqlar do‘stligi kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. 

Millatlararo hamjihatlik, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bugun, shu munosabat bilan Kattaqo'rg'on shahar Madaniyat saroyida “Xalqlar do‘stligi festivali” bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda shahar hokimligi, din ishlari bo'yicha qo'mita a'zolari, shahar deputatlari hamda yoshlar ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida Madaniyat bo‘limi xonandalari, iste'dodli yoshlar tomonidan turli millatlarning milliy kuy-qo‘shiqlari va raqslari ijro etildi.

Teglar
- -