WORLD SKILLS UZBEKISTAN
Bugun Tayvan poytaxti Taipeida bo‘lib o‘tayotgan WorldSkills Asia Taipei 2025 xalqaro kasb chempionatining tantanali ochilish marosimida Taiwan Prezidenti Lai Ching-Te va WorldSkills Asia asoschisi va Prezidenti Dr. Mubarak Al Shamsi ishtirok etdi.
Ular yoshlarga, kasb-hunar rivojiga va Osiyoda innovatsion ko‘nikmalarni kuchaytirishga bag‘ishlangan ilhomlantiruvchi nutqlar bilan qatnashdilar.
40 dan ortiq davlatlardan kelgan 1800 ishtirokchilar va ekspertlar yig‘ilgan ushbu ulkan maydonda. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi tarkibida Samarqand Pedagogika texnikumi direktori Feruza Raximova ham ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi ham munosib ravishda o‘z o‘rnini egallamoqda!
Oldinda — kurash, mahorat sinovlari va katta g‘alabalar!
O‘zbekiston yoshlari hamisha oldinda!




