insurez
05-12-2025 10:09

Voyaga yetmagan shaxslar uchun jinoiy javobgarlik liberallashtirilmoqda


Qonun (O‘RQ–1092-son, 23.10.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi”ga  qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. 

Kodeksga kiritilgan o‘zgartirish qo‘shimchalarga ko‘ra, o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni  o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan hisoblanishi belgilandi. 

Bundan o‘ta og‘ir jinoyatlar yoki sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar qasddan yangi jinoyat sodir etish hollari mustasno etib belgilandi.

Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklashning hamda ozodlikdan mahrum qilishning eng kam muddati olti oydan bir oygacha qisqartirildi.

 

Oltiboyev Abdixakim,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on

shahar sudining raisi

 

Xakimov Muzafar,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on

shahar sudining tergov sudyasi

 

Teglar
- -