insurez
31-05-2025 14:40

Viloyat bo’yicha yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga doir loyihalarga start berildi


Xabaringiz bor, joriy yilning 15 may kuni Prezidentimiz rahbarligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. 

Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi e’lon qilingandi.

Mazkur masalada davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun respublika bo’ylab,  “Dolzarb 90 kunlik” dasturi loyihalariga start berildi.

Videokonfrensiya orqali tashkil etilgan tadbirda respublika va viloyatlar mas’ullari ishtirok etishdi hamda yoshlarning vaqtini mazmunli o’tkazishga qaratilgan bir qator loyihalar tashkil etilishi belgilab olindi.

Teglar
- -