Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!
Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlar mahallalarda ham uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Kuni kecha kecha “Vatanparvar” mahallasida shu munosabat bilan tashkil qilingan konsert dasturi ham ko‘tarinki tarzda bo‘lib o‘tdi.
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi mazkur tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda so‘z olganlar yurtimizda yoshlarga berilayotgan yuksak e’tibor haqida so‘z yuritdilar.
Harbiy qism orkestr jamoasining ko‘rgazmali, shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlarining musiqiy chiqishlari tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Tadbirda mahalladagi iqtidorli, ko‘plab tanlovlar, sport musobaqalarida yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yoshlarning ota-onalariga shahar hokimligining tashakkurnomasi va sovg‘alari taqdim etildi.