insurez
23-08-2024 11:30

Vatan - muqaddas!


Vatanimiz Mustaqilligining 33 yillik tantanalari yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda. 

Kuni kecha Ingichka shaharchasida ham bayram tadbiri ko‘tarinki tarzda bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa, harbiy qism harbiy xizmatchilarining ko‘rgazmali chiqishlarini ishtirokchilar, jumladan yoshlar katta qiziqish bilan kutib oldilar.

Harbiylarning yuksak jangovorlik, vatanparvarlik aks etgan chiqishlaridan ruxlangan yoshlar yurtga munosib mard va jasur bo‘lishlarini ta’kidladilar. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -