insurez
05-05-2025 14:15

USTOZLAR QADRLANDI


9 may –Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 2-IDUMda “Xotira abadiy-qadr muqaddas” deb nomlangan maʼnaviy maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Maktabda faoliyat ko‘rsatib bugun keksalik gashtini surayotgan faxriy ustozlar, shahar hokimligi, maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi vakillari, maktabning sobiq bitiruvchilari taklif qilingan mazkur tadbir bayram dasturxoni atrofida davom etdi.

Tadbir davomida maktabda faxriy ustozlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi hamda samarali mehnat qilib, bugungi kunda oramizda bo‘lmagan ustozlarning xotiralari yodga olindi. 

-Bugun tadbirda ko‘plab shogirdlarimni ko‘rdim. Birga faoliyat yuritgan hamkasblar bilan suhbatlashdik. Hurmat va eʼtibordan, bugun shogirdim rahbarlik qilayotgan maktabda ushbu anʼana davom etib kelayotganidan xursandmiz,- deydi 93 yoshni qarshilayotgan faxriy ustoz Robiya Saidova.

O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.


 

Teglar
- -