insurez
19-02-2025 17:45

TOMORQADAN UNUMLI FOYDALANGAN INSON BARAKA TOPADI


Tomorqa daromad manbai desak, xato bo‘lmaydi. Bugun uyidagi ozgina bo‘lsada tomorqasidan daromad topayotgan insonlar ko‘p oramizda. Kattaqo‘rg‘on shahrida ham ko‘plab oilalar tomorqalaridan yaxshigina daromad qilmoqdalar. Albatta, bunda hokim yordamchilarining berayotgan ko‘maklari muhim bo‘lmoqda.

1-sektor hududidagi “Chinobod” mahallasida o‘tkazilgan seminar ushbu masalaga bag‘ishlandi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, sektordagi barcha mahallalar yettiligi, mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Dastlab, “Chinobod” mahallasi hokim yordamchisi tomonidan mahallada aholini tomorqadan unumli foydalanishi, tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratilishi borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotini namoyish etdi.

Shundan so‘ng, seminar ishtirokchilari ushbu mahallada yashovchi Rustam Razzoqov hamda Jalil Bozorovlarning xonadonlarida bo‘ldilar. Ushbu xonadon sohiblari tomorqasida issiqxona tashkil qilingan bo‘lib, limon va boshqa sitrus mevalar yetishtiradilar. Shuningdek, Rustam Razzoqov xonadonida chorvachilikni ham yo‘lga qo‘ygan. Oilaning barcha a’zolarini bandligi ta’minlangan. Muhimi, ushbu oilalar farovonlikda yashayotganliklaridan mamnunlar.

 

Teglar
- -