TOMORQA-DAROMAD MANBAI!
Hozirgi kunda xonadonida ozgina bo‘lsada tomorqasidan daromad topayotgan insonlar ko‘p oramizda. Kattaqo‘rg‘on shahrida ham ko‘plab oilalar tomorqalaridan yaxshigina daromad qilmoqdalar. Albatta, bunda hokim yordamchilarining berayotgan ko‘maklari muhim bo‘lmoqda.
Bugun shahrimizning 2-sektor hududidagi “Kunjupay” mahallasida o‘tkazilgan seminar ushbu masalaga bag‘ishlandi. Unda shahar prokurori, 2-sektor rahbari Ismoil Nuriddinov, sektordagi barcha mahallalar yettiligi, mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Dastlab, “Kunjupay” mahallasi hokim yordamchisi tomonidan mahallada aholini tomorqadan unumli foydalanishi, tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratilishi borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotini namoyish etdi.
Shundan so‘ng, seminar ishtirokchilariga ushbu mahallaning So‘figuzar ko‘chasi 3-xonadon sohibi Muxammadiev Zarif aka tomorqadan unumli foydalanish to‘g‘risida o‘z tavsiyalarini berdi hamda malaka va ko‘nikmalarini bo‘lishdi.
Seminar barcha ishtirokchilar uchun manfaatli bo’ldi.