insurez
30-07-2025 11:19

TADBIRKORLARNING MUAMMOLARI O'RGANILDI


Shahar hokimining birinchi o'rinbosari Ikrom Mamatov boshchiligidagi mas'ullar shahar hududidagi sanoat zonalarida bo'lib, tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Jumladan, “Yakkabog'” hamda “Zarafshon” mahallalaridagi tadbirkorlarning faoliyati bilan tanishdi. Ularning ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan muammolarini o'rgandi.

Tadbirkorlarga faoliyatlari borasidagi soliq imkoniyatlari va boshqa imtiyozlar haqida tushuntirishlar bеrib o'tdi.

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -