insurez
27-04-2024 15:44

Тabriklaymiz


Respublikamizda singari Kattaqo‘rg‘on shahrida ham o‘quvchi yoshlarni munosib ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa o‘quvchilarning iqtidorlarini namoyon qilishlarida ularga ta’lim berayotgan ustoz murabbiylarning o‘rni beqiyos. 
   
Joriy yilning fevral oyida “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining shahar bosqichida shahrimizdagi 14-ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabi o‘quvchilari faxrli 1-o‘rinni egallab, 100.000.000 so‘m miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantirilgan.

Kuni kecha Samarqand shahrida o‘tkazilgan mazkur tanlovning viloyat bosqichida 14 IDUM o‘quvchilari faxrli 3- o‘rinni egallab, 150.000.000 so‘m miqdorida pul mukofotini qo‘lga kiritdi. 

Bundan tashqari maktabning 9 sinf o‘quvchilari Yahyoeva Zumrad va Lutfullaeva Sarvinozlar chet tillarni bilish darajasi CEFR B2 sertifikatini olishga muvaffaq bo‘ldi. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -