insurez
04-12-2025 14:52

#tabrik


Samarqand shahrida  “Yil ayoli” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlov  yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan nominatsiyalarni qo‘lga kiritib g‘olib bo‘lgan shahrimizdagi 3 nafar xotin-qizlar ishtirok etdilar.

Quvonarlisi tanlovning viloyat bosqichida  “GO’ZAL EDUCATION”  o‘quv markazi rahbari Go‘zal Ergasheva  “Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli”, tadbirkor Gulmira Jumayeva “Yilning eng yangi g‘oyalar tashabbuskori” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib bo‘ldilar va respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar. 

Shuningdek, tadbirkor Go‘zal Jumayeva faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Teglar
- -