Tabrik
Bugun koʻplab xotin-qizlar oʻzlarining samarali mehnatlari bilan yurtimiz rivojiga, oilalar mustahkamligini taʼminlashda munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar. Albatta, ularning bu boradagi xizmatlari davlatimiz tomonidan eʼtirof etilmoqda.
Bugun Kattaqoʻrgʻon shahrida “Farovon oila sari” oyligi doirasida boʻlib oʻtayotgan konferensiyada oʻzining jamiyat va davlat hayotidagi faol va tashabbuskorligi bilan namuna boʻlib kelayotgan Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi Gavhar Alimova “Muʼtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Koʻkrak nishonini Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayxo Mahkamova topshirdi hamda Gavhar Alimovaning yurt taraqqiyoti, aholi farovonligi yoʻlidagi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.