SUV QIROLI MEHMONDA
Yoz mavsumida bo‘lib o‘tayotgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Jumladan, 5 maktabgacha ta’lim tashkilotida shu munosabat bilan tashkil qilingan “Suv qiroli mehmonda” tadbirida ayniqsa, bolajonlar juda faol qatnashdilar.
Tadbir doirasida turli qiziqarli chiqishlar, musiqiy ko‘rgazmalar tarbiyalanuvchilar tomonidan mahorat bilan ijro etildi.
Bu kabi tadbirlar bolajonlarni ma’naviy jihatdan yuksaltirish bilan birga tabiatni sevish, kerakli ne’matlarimizdan bo‘lgan suvga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish hislatlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.