Sogʻlomlashtirish oyligi davom etmoqda
Shahar Tibbiyot birlashmasi tomonidan “Sogʻlomlashtirish oyligi” doirasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan keng koʻlamli tadbirlar oʻtkazildi. Jumladan, oylik doirasida Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, 1-son oilaviy poliklinika, mahallalar, Doʻstlik stadioni, savdo doʻkonlari, Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi va maktablarda ommaviy sogʻlomlashtirish va targʻibot ishlari amalga oshirildi.
Tadbirlarda 200 ga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. Aholi oʻrtasida chekishni oldini olish, sogʻlom ovqatlanish va gipertoniya profilaktikasi, kasalliklarni erta aniqlashning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, sport va sogʻlomlashtirish tadbirlarida aholi faol ishtirok etdi.
Oylik doirasidagi tadbirlar davom etadi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.