insurez
04-08-2025 11:29

“SOG‘LOM TURMUSH TARZI BO‘YICHA YILNING NAMUNALI OILASI” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI


Kattaqo‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasida “Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha yilning namunali oilasi” tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tanlov orqali mahallalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining jismoniy faolligini oshirish, to‘g‘ri ovqatlanish va tibbiy madaniyatini yuksaltirish ko‘zda tutilgan. 
 Tanlov natijalari ko’ra:
1-o‘rin: “Bahoriston” MFYdan Tursunova Nargiza
2-o‘rin: “Yermachit” MFYdan Tursunova Sarvinoz
3-o‘rin: “Oq oltin” MFYdan Qlicheva Muhabbat
Tanlov g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. 1-o‘rinni egallagan ishtirokchi tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etishi belgilandi. 

Sog‘lom hayot — sog‘lom kelajak sari dadil qadam!

Teglar
- -