insurez
07-05-2025 08:10

Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!


Bugun Kattaqo'rg'on shahar hokimligi tomonidan Kattaqo'rg'on garnizonida joylashgan harbiy qism qo'mondonligi bilan hamkorlikda shahardagi korxona- muassasalar xodimlari, Yoshlar ishlari agentligi va SamDU Kattaqo'rg'on filiali talaba yoshlari ishtirokida erta tongdan "Sog'lom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida marafon bo'lib o'tdi.

Marafon Kattaqoʻrgʻon darvozasi oldidan harbiy orkestrning tantanali sadolari ostida start olib, harbiy qismga qadar davom etdi. Tadbir harbiy qusmda ertalabki badan tarbiya mashg'ulotlari bilan davom etdi.

Teglar
- -