insurez
20-06-2025 11:35

SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI O‘TKAZILDI


Bugun shahar hokimligi apparat xodimlari uchun siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi. Dastlab, hafta davomida yurtimizda va jahonda ro‘y bergan asosiy voqea va hodisalar sharhi bilan tanishdilar.

Siyosiy-ma’rifat soatida dastlab, o’tayotgan hafta davomida yurtimizda va xorijda yuz bergan ahamiyatga molik voqealar mazmuni, M-dayjest rukni, mahallalar hayotiga oid yangiliklar, xodimlarga salomatlikni saqlashga oid ma’lumotlar namoyish etildi. 

Shuningdek din ishlari bo’yicha qo’mitaning Kattaqo’rg’on shahar bosh mutaxassisi B.Qodirov tomonidan o‘quv soati ishtirokchilari bilan “Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy cjhadagi davlat siyosati konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyati, shuningdek, milliy mafkuramizdagi diniy bag’rikenglik, millatlararo totuvlik va sog’lom ma’naviy muhit barqarorligi uchun amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -