SHARAFLI KASB EGALARI
Jamiyat taraqqiyotida aholi salomatligini mustahkamlash muhim vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda mamlakatimizda sogʻliqni saqlash sohasini tubdan isloh etish va uning rivojini yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizdagi tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvda bu boradagi ishlar haqida soʻz yuritdi. Eng ulugʻ va sharafli kasb egalarining inson salomatligini mustahkamlash yoʻlidagi xizmatlari yuqori ekanligini taʼkidladi.
Shuningdek, tadbir davomida aholiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish yoʻlida samarali mehnat qilayotgan, tanlovlarda faol ishtirok etib, yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritayotgan xodimlarning xizmatlari eʼtirof etildi va 12-may - Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan shahar hokimligining faxriy yorligʻi, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.