Shahrimizning yana bir iqtidorli oʻquvchisi muvaffaqiyatga erishdi!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “ICT4Girls & EGOI 2025” qizlar olimpiadasida Kattaqo‘rg‘on shahar 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Solixa Dagarova muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Eslatib o’tamiz, eng baland natijaga erishgan 4 nafar qizlar 14-20 iyul kunlari Germaniyaning Bonn shahrida bo’lib o’tadigan EGOI xalqaro musobaqasiga jo’nab ketishadi.