Shahrimiz yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga doir loyihalarga start berildi
Xabaringiz bor, joriy yilning 15 may kuni Prezidentimiz rahbarligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi e’lon qilingandi.
Mazkur masalada davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Kattaqo’rg’on shahrida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi loyihalariga viloyat mas’ul rahbarlari ishtirokida start berildi.
Mas’ullar shahardagi 11-IDUM faoliyati bilan tanishib, o’quvchilar va mahalla yoshlarining bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga qaratilgan bir qator loyihalar bilan tanishdilar.