SHAHRIMIZ HUDUDI KENGAYMOQDA
Bugun Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on va Nurobod tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi qabul qilindi.
Unda ishtirok etgan Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari Akmal Shukurov va Kattaqo’rg’on shahar hokimi Gavhar Alimova so‘z olib, Kattaqo‘rg‘on shahri va aholisi uchun muhim bo‘lgan bugungi qaror bilan shahar hududini kengaytirilishi natijasida kelgusida shaharni ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish darajasi yanada oshirilishini bildirishdi.
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidan 1 945 gektar va Nurobod tumanidan
971 gektar, jami 2 916 gektar yer maydoni Kattaqo‘rg‘on shahri hududiga, o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.
Mazkur Qaror qadimiy Kattaqo‘rg‘on shahrining tarixiy jihatlarini ochib berishga va xalqaro mavqeini oshirishga xizmat qiladi, shaharni o‘rta shaharlar toifasidan katta shaharlar toifasiga o‘tkazish imkonini beradi.