insurez
04-07-2024 18:37

Shahar Uztelekomda Press-tur tashkil qilindi


Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi boshlig‘i Umar Maxmarizaev ishtirokida Press-tur tashkil qilindi.

Dastlab ommaviy axborot vositalari vakillari Kattaqo’rg’on shahar telekommunikatsiya bog’lamasi binosida bo’ldilar va aholini sifatli internet tarmog’i bilan ta’minlash bo’yicha olib borilgan ishlar bilan tanishdilar.

Shuningdek ushbu binoda tashkil etilgan IT o’quv markaz Kompyuter savodxonligi, Veb dasturlash, dasturlash tillari, IT-Engilish, Grafik dizayn va Robototexnika kurslari hamda Kattaqo’rg’on aholisini sifatli aloqa bilan ta’minlash, aholiga qulaylik yaratish maqsadida yagona savdo va xizmat ko’rsatish ofisi faoliyatini ko'zdan kechirdilar.

Shundan so’ng Press-tur ishtirokchilari Kattaqo’rg’on shahar telekommunikatsiya bo’g’lamasi MSAN qurilmasi orqali aholiga xizmat ko’rsatish va bosqichma-bosqich optik tolali internet tarmog’i bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan joylarga chiqqan holda tanishdilar va o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.   

Teglar
- -