Shahar suv ta’minoti filialida yig‘ilish o‘tkazildi
Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, shahar prokurori Ismoil Nuriddinov, tegishli mas’ullar va shahar Suv ta’minot filiali xodimlari ishtirok etishdi. Yig‘ilish davomida mazkur korxona tomonidan aholi va ulgurji iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, filialda amalga oshirilayotgan ishlar hamda qilinishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda shahrimiz aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi investitsiya loyihasini sifatli amalga oshirish hamda filialda ijro intizomini nazorati borasida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng yig‘ilishda “Samarqand Suv ta’minoti” A.J. Kattaqo‘rg‘on shahar filialiga yangi tayinlangan rahbar jamoaga tanishtirildi.