SHAHAR HOKIMINING SHAXSIY QABULI O'TKAZILDI
Bugun Kattaqo’rg’on shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimi Gavhar Alimovaning fuqarolar uchun shaxsiy qabuli o’tkazildi. Mazkur sayyor qabulda 10 ga yaqin fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo va masalalar yuzasidan ishtirok etishdi.
Qabul jarayonida fuqarolardan ichimlik suvi, uy ta’miri, kadastr, tadbirkorlik faoliyatiga amaliy yordam, asbob-uskuna olish kabi masalalar bo’yicha tushgan 10 ga yaqin murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi. 3 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan murojaatlarni ijrosi nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.