SHAHAR HOKIMINING SHAXSIY QABULI O‘TKAZILDI
Bugun shahrimizdagi “Yermachit” mahallasi binosida shahar xokimi Gavhar Alimova tomonidan fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Mazkur sayyor qabulda 10 nafarga yaqin fuqarolar o‘z yechimini kutayotgan bir qator masalalar bilan ishtirok etishdi.
Qabul jarayonida fuqarolardan ish bilan ta’minlash, bolalar nafaqasi ajratish, aliment undirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kredit ajratish, uy-joy kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish, ijtimoiy yordamlar va boshqa masalalari yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Mazkur murojaatlarning 1 tasi joyida ijobiy hal etildi, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi va yechimi muddat va mablag‘ talab etilgan qolgan murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.