insurez
04-08-2025 17:31

SHAHAR HOKIMINING SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI


Bugun shahrimizdagi Alisher Navoiy mahallasi binosida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Mazkur sayyor qabulda 10 nafarga yaqin fuqarolar o‘z yechimini kutayotgan bir qator masalalar bilan ishtirok etishdi. 

Qabul jarayonida fuqarolardan asosan ichki yo’llarni ta’mirlash, ijtimoiy yordamlar, uy-joy kadastr va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. 
Mazkur murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi va yechimi muddat va mablag‘ talab etilgan qolgan murojaatlar mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -