insurez
09-07-2025 18:21

SHAHAR HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI O'TKAZILDI


Bugun Kattaqo’rg’on shahar "Chinobod" mahallasida shahar hokimi Gavhar Alimovaning fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli o’tkazildi. 

Qabul jarayonida fuqarolardan ichimlik suvi, uy ta’miri, yoshlar daftariga kiritish, tadbirkorlik faoliyatiga amaliy yordam, asbob-uskuna olish kabi masalalar bo’yicha tushgan 10 ga yaqin murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi. 4 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan murojaatlarni ijrosi nazoratga olinib, tegishli mas’ullarga yo’naltirildi.

Shuningdek, tadbirkorning do’kon oldini kengaytirish masalasidagi murojaati joyiga chiqib organildi va mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -