Shahar hokimi "Bahoriston" va "Kunjupay" mahallalarida boʻldi
Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizdagi "Bahoriston" va "Kunjupay" mahallalarida bo‘ldi va mahalla faollari, nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvlarda shahar hokimi shahrimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, aholi farovonligi yo’lida va fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar xususida to’xtaldi.
Uchrashuvlar davomida mahalla ahli va nuroniylarning hududda olib borilayotgan sa’y harakatlar bo’yicha fikrlari eshitilib, aholi, xususan yoshlar, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ish o‘rinlari yaratish borasidagi ishlarga ham e’tibor qaratildi va bu borada mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, yig'ilishlarda aholi vakillari tomonidan bildirilgan masalalar nazoratga olinib, ijrosi bo’yicha mas’ullarga tegishli vazifalar berildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.