Shahar hokimi Alisher Navoiy mahallasida bo‘ldi
Mahallalarda aholi bilan mas’ullar ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlar hududlardagi muammolarni yechim topishi, aholining ko‘plab murojaatlarini ijobiy hal etilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jumladan, shahar hokimi Gavhar Alimova Alisher Navoiy mahallasida aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda fuqarolar bilan hududda amalga oshirilgan ishlar haqida suhbatlashdi va aholining bu boradagi fikrlarini eshitdi.
Ayniqsa, mahalla ahli Kattaqo‘rg‘on shahri hududini kengayishi borasida olib borilayotgan ishlar haqidagi yangilikni mamnuniyat bilan qabul qildilar.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish, mahalla hududida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha ham so‘z yuritildi va bu borada tegishli vazifalar belgilab olindi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.