insurez
24-07-2025 15:42

SEMINAR O‘TKAZILDI


Shahar hokimligida iqtisodiy kompleks rahbarlari, savdo sanoat palatasi, hokim yordamchilari va tadbirkorlar ishtirokida seminar o‘tkazildi. Unda viloyat G‘aznachilik xizmati boshqarmasi, iqtisodiyot va moliya boshqarmasi,“Samarqandekspertiza” MChJ ShXJ vakillari qatnashdilar. 

Seminarni shahar hokimining birinchi o‘rinbosari I.Mamatov ochib berdi. Shundan so‘ng so‘zga chiqqanlar sanoat korxonalariga mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlar to‘g‘risidagi sertifikat olish hamda "ekoplatforma.uz" platformasida ro‘yxatdan o‘tish borasida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror hamda Vazirlar Mahkamasining 712-son qarori mazmun mohiyatidan kelib chiqib, tushuntirishlar berdilar.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Teglar
- -