insurez
22-04-2025 14:45

SEMINAR O‘TKAZILDI


Ma’lumki, joriy yilning may oyida mamlakatimizda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)ning navbatdagi saylovi o‘tkaziladi. Shu jumladan, Kattaqo‘rg‘on shahrida ham 36 ta mahallada saylovchilar vakillari o‘z mahallalari uchun eng munosib yetakchini tanlaydi. 
Shahar hokimligida saylovlarni o‘tkazishga ko‘maklashuvchi viloyat komissiyasi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda Kattaqo‘rg‘on shahridagi saylov jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiya hamda ishchi guruh a’zolari ishtirok etdilar.

Seminarda komissiya a’zolari zimmasidagi vazifalar, xususan, joylarda saylov jarayonlarini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar kalendar rejasi, unda ko‘rsatilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida” gi qonunning mazmun-mohiyati, har bir moddaning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tildi.  

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -