insurez
05-11-2025 15:27

#Seminar


Bugun shahrimizdagi 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, ularning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish" bo'yicha amaliy seminar hamda “Oltin kuzning maftunkor tarovati” nomli ko’rgazmali tadbir o‘tkazildi.

Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, shahrimizdagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, ota-onalar va mas’ul rahbarlar ishtirok etishdi. 

Seminar avvalida mehmonlar muassasadagi imkoniyatlar, oʻquv mashgʻlotlarining oʻtishi, sport va musiqiy bilim olishlari, bolalarning ovqatlanishlari uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi, yosh avlodni barkamollikda voyaga yetishlarida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. 

Shuningdek, tarbiyalanuvchilar tomonidan tayorlangan “Oltin kuz” mavzusidagi ko’rgazmali chiqishlar, sport va musiqali sahna koʻrinishlari ham ishtirokchilarga manzur boʻldi.

Teglar
- -