SEMINAR
Kattaqo‘rg‘on shahar 17-IDUM da "Yoshlar kamolotida ta’lim-tarbiya va milliy ma’naviyatning o‘rni" mavzusida amaliy- o‘quv seminar o‘tkazildi. Seminarda umumta’lim maktablarining direktorlari ishtirok etdilar.
Dastlab, tadbir ishtirokchilari ta’lim muassasasida o‘quv ishlar samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar, sinflardagi dars jarayonlari, fan to‘garaklari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning xalqaro va milliy sertifikatlarni olish darajasi, "Kitobxonlar klubi" faoliyati bilan tanishdilar.
Shuningdek, maktabdagi "Guldasta" to‘garak a’zolaring musiqiy chiqishlari seminar ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi. Darslarni o‘tilishi, to‘garaklar faoliyati yuzasidan o‘zaro tajriba almashildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan "Yashil makon" tashkil qilish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida maktab hududida daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.