insurez
19-02-2025 16:42

Sektor rahbarlari aholi va tadbirkorlar muammolarini o‘rganishdi


Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Madaniyat saroyida shahar sektor rahbarlari va Xalq qabulxonasi tomonidan ko‘p marotaba hamda takroriy murojaatlar yo‘llagan fuqarolar uchun sayyor qabul o'tkazildi. Qabulda 30 dan ortiq fuqarolar o‘z yechimini kutayotgan bir qator masalalar bilan ishtirok etishdi.  

Qabul jarayonida fuqarolardan uy-joy kadastr, aliment undirish, tabiiy gaz ta’minoti, sud qarorlari ijrosi, kommunal to‘lovlar, ayollar daftariga kiritish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tibbiy ijtimoiy yordamlar, oilaviy masalalar va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. 
10 dan ortiq murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, yechimi muddat va mablag‘ talab etgan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Teglar
- -