insurez
01-12-2025 17:32

Samarqandda yoshlar bandligi bo‘yicha amaliy choralar kengaymoqda


Xabaringiz bor, 25-noyabr kuni davlatimiz rahbari Samarqand viloyatiga tashrif buyurgan edi. Ushbu tashrif davomida Prezident yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratib, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha bir qator muhim topshiriqlar bergan edi.

Ayni paytda ushbu topshiriqlar ijrosi viloyat bo‘ylab boshlab yuborildi. Hozirda har bir mahallada ishsiz yoshlarning xatlov jarayonlari amalga oshirilmoqda va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy mexanizmlar joriy qilinmoqda.

Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi ham mazkur jarayonlarning muhim qismi bo‘ldi. Tadbirga mahallalarda istiqomat qiluvchi ishsiz yoshlar jalb etilib, ular turli korxonalar, tashkilotlar va bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi.

Shu bilan birga, Kattaqo‘rg‘on shahri va tumanida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Aloqabank va Milliy banklar tomonidan amaliy seminarlar tashkil etilmoqda. Tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlar uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi, ularni o‘z biznesini boshlashga rag‘batlantirishi alohida qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu amaliy ishlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida davom ettiriladi.

Teglar
- -