insurez
16-05-2025 18:26

Samarqand viloyatida “Besh tashabbus paraolimpiadasi” sport musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Mazkur musobaqada viloyatning barcha tuman va shaharlari bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, nogironligi bo‘lgan sportchilar ishtirok etishdi.  Ishtirokchilar yengil atletika, badminton, stol tennisi, shaxmat va shashka kabi sport turlarida o‘zaro bellashishdi.

Musobaqaning armrestling turi boʻyicha Kattaqoʻrgʻon shahridan Xaydarov Fazliddin oʻng qoʻl boʻyicha 1-oʻrinni va chap qoʻl boʻyicha 2- oʻrinni egalladi.

Musobaqa do‘stona muhitda, yuqori sport kayfiyatida o‘tdi. Har bir ishtirokchi g‘alaba uchun astoydil harakat qildi va o‘z jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Mazkur musobaqalar nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport orqali jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Teglar
- -