Robiya “Vatan iftixori” nomli xalqaro tanlovda muvaffaqiyatli qatnashdi
SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni oʻqitish fakulteti, Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi, Alibekova Robiya koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
🎖Robiya Alibekova “Buyuk meros: Tarix, madaniyat va milliy qadriyatlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan “Vatan iftixori” nomli xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovda ishtirok etib, esdalik nishoni va maxsus guvohnoma bilan taqdirlandi. Shuningdek, uning ilmiy maqolasi mazkur konferensiya materiallari to‘plamida chop etildi.
⚡️ Robiya Alibekovaning ilmiy izlanishlarida bardavomlik, faoliyatiga esa ijodiy parvozlar tilaymiz. Kelgusi faoliyati va yutuqlari ham xalqimiz madaniy merosini keng targ‘ib etishga, ilm-fan va san’at taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga ishonamiz!