QO’SHXOVUZ MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O’RGANILDI
Bugun, shahrimizdagi “Qo’shxovuz” mahallada shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan mahalla aholisining muammolari o’rganildi. Sayyor qabul davomida mahalla aholisidan 10 ga yaqin o‘z yechimini kutayotgan masalalar bo'yicha murojaatlari qabul qilindi.
Qabul jarayonida fuqarolardan asosan ichki yo’llarni ta’mirlash, beton ustun va tungi yoritgichklar o’rnatish, yo’l belgilari o’rnatish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Mazkur murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, 2 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi va qolganlarini ijrosi nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo’naltirildi.
Shuningdek, shahar hokimi tomonidan fuqarolarning ichki yo’llarni ta’mirlash masalalari joyiga chiqib o’rganildi hamda ta’mirlash ishlarini tashkil etish bo’yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.




