insurez
29-04-2025 10:32

Qo‘shhovuz mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi


Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar prokurori tomonidan shahardagi Xalq qabulxonasi bilan tuzilgan reja jadvali asosida hududdagi “Qo‘shhovuz” mahallasida navbatdagi sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Qabulda fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammo va masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Sayyor qabul davomida 14 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib,  shundan 6 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlarni hal qilish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Teglar
- -