Qonunchilik palatasi deputati Ingichka qo‘rg‘onida
Bugun Qonunchilik palatasi deputati Jasurbek Shodiev shahar savdo-sanoat palatasi va mahalla uyushmasi rahbarlari bilan birgalikda Ingichka qo‘rg‘onida bo‘lishdi. Dastlab, hududdagi maxsus kiyimlar tikib eksport bilan shug‘ullanuvchi korxona «Samkat megastar invest» MChJ faoliyati bilan tanishildi. Korxonada yana 100 ga yaqin ishchi xodimlarga ehtiyoj borligi yuzasidan Ingichka qo‘rg‘onidagi 5 ta mahalla yettiligiga bo‘sh ish o‘rinlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Ingichka qo‘rg‘oni poliklinikasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishib, poliklinika va qurilish korxonasi xodimlari bilan suhbatlashib, qurililishdagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Ingichka boyitish fabrikasidagi ish jarayoni bilan tanishib, xodimlar bilan suhbatlashildi va mavjud muammo takliflar o‘rganildi.
I.Shoir mahallasida o‘tgan suhbatda mahalladagi mavjud muammolar atroflicha muhokama etilib, takliflar bildirildi.