QISQARISHGA TUSHGAN XODIMLAR ISHDAN BO‘SHATILGANDA, BOSHQA ISH BILAN TA’MINLANISHI KERAKMI?
Qisqarish sababli xodimni ishdan bo‘shatishdan oldin unga ish taklif qilish lozim.
Mehnat kodeksining 144-moddasiga ko‘ra mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasiga doir ishni xolisona sabablarga ko‘ra davom ettirish imkoni bo‘lmasa, ish beruvchi xodimga uning mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan boshqa ishga o‘tkazishni, bunday ish bo‘lmagan taqdirda esa ish beruvchida mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi shart.
Shunga ko‘ra ushbu holatda xodimga boshqa ish taklif qilish shart. Bunda ish beruvchi zaxiradagi shtatlardan xodimga boshqa ish taklif qiladi.
Mehnat kodeksining 19-moddasiga ko‘ra mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, tashkilotlar ish beruvchi sanaladi. Bunda ushbu kodeks 46-moddasiga asosan tashkilot rahbari ish beruvchining vakilligi hisoblanadi.
Kattaqo‘rg‘on shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuristkonsulti T.Abdullayev