insurez
18-07-2024 16:59

QAYTA O‘QISH BOSHLANDI


SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida yozgi semestr - qayta o‘qish jarayonlari boshlandi. 

Pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetida ushbu jarayon oldidan qayta o‘qishda qatnashadigan talabalar, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Fakultet dekani A.Sobirov o‘quv jarayonlarini sifatli va samarali tashkil qilish, talabalar bilimini xolis baholash bo‘yicha nizom talablari hamda o‘quv me'yoriy hujjatlar haqida ma'lumot berdi. 

Mas'ullarga zarur topshiriq va tavsiyalar berildi. Talabalar filial ichki tartib va odob-axloq qoidalariga amal qilishga chaqirildi.

Teglar
- -